Siyosiy sabablarga ko‘ra yana Rossiyada APL o‘yinlari translyasiya qilinmaydi

Siyosiy sabablarga ko‘ra yana Rossiyada APL o‘yinlari translyasiya qilinmaydi

“Match TV” telekanalining bosh prodyuseri Aleksandr Tashin Rossiya Premyer-ligasi o‘yinlarini translyasiya qilmasligi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

"Buyuk Britaniyaning sanksiya qonunchiligi tufayli "Match TV" Angliyaning 2022/2023 yilgi mavsumini ko‘rsatmaydi, biroq shartnoma bekor qilinmagan. Vaziyat barqarorlashganda rejalarimizni bir yildan so‘ng amalga oshirishga umid qilamiz. Bu turnirlarni ko‘rsatishimizga to‘sqinlik qiladigan siyosiy asos yo‘q.

Ayni damda biz shouga tayyorgarlik ko‘ryapmiz va FIFAdagi hamkasblarimiz bilan yaqin aloqadamiz, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. Har kuni nimadir o‘zgarishi mumkin. Biz voqealarning har qanday rivojlanishiga tayyormiz”, - dedi u.

Premyer-ligadan tashqari, Fransiya 1-ligasi, Portugaliya, Shotlandiya chempionatlari, Ispaniya va Angliya kubogi va boshqa turnirlar Rossiyada translyasiya qilinmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!