Sirdaryoda "prava" olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Sirdaryoda "prava" olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.A. fuqaro Z.K.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Yangiariq tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.O‘. fuqaro M.B.ni go‘yoki viloyat IIBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 500 AQSh dollari va 1,1 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro R.R. boshqa bir fuqaro E.E.ga 500 AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida o‘quv mashg‘ulotlari va imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytib, oldindan 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!