Sirdaryoda avtobus yonib ketdi

Sirdaryoda avtobus yonib ketdi

Kecha, 27 may kuni soat 17:45 da Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududidagi Guliston-Gagarin yo‘nalishi 4-R 18 A-373 yo‘lining 10 kmda harakatlanib ketayotgan Isuzu rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi. Holat bo‘yicha viloyat FVB ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, sodir bo‘lgan yong‘indan avtobusning dvigatel va salon qismi yongan. Yong‘inga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 17:52 da yetib borib, yong‘in soat 18:02 da to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida insonlarning tan jarohati olishi va halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan.

Yong‘inning taxminiy sababi avtomobildagi elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida sodir bo‘lgan. Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!