Sirdaryo viloyatidan Tojikiston orqali Qo‘qon shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Sirdaryo viloyatidan Tojikiston orqali Qo‘qon shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Tez kunda Guliston shahrini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi “Guliston - Qo‘qon” (Tojikiston orqali) viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Qatnovlar har ikki tarafdan kuniga bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Guliston shahridan jo‘naydigan avtobus “Xovosobod” hamda Farg‘ona viloyati yaqinidagi “Andarxon” chegara bojxona postlari orqali Qo‘qon shahriga yetib boradi. Yo‘lovchilarda xorijga chiqish pasporti bo‘lishi talab etiladi.

Ushbu yo‘nalishning masofasi 264,3 kilometr bo‘lib, yo‘l haqi 50 ming so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!