Singlimga ikki o‘q uzilgan, ichki a’zolari olib tashlangan – Nodira Qodirovaning akasi

A A A
Singlimga ikki o‘q uzilgan, ichki a’zolari olib tashlangan – Nodira Qodirovaning akasi

Joriy yilning 23 sentyabr kuni Turkiyaning Anqara shahrida sobiq general, “Adolat va taraqqiyot” partiyasi deputati Shirin Unalning uyida oqsoch bo‘lib ishlagan o‘zbekistonlik 23 yashar Nodira Qodirovaning vafoti bilan bog‘liq vaziyat kundan-kunga chigallashib boryapti. Nodira Qodirova 25 sentyabr kuni O‘zbekistonga keltirildi va dafn etildi. 

Qodirova vafot etgan kuni deputat Shirin Unal uning Turkiyada yashayotgan akasi Muhammadali Qodirovni uyiga chaqirib, singlisi o‘z joniga qasd qilganini aytgan. Shu kunning o‘zida sud-tibbiy ekspertiza ishlari zudlik bilan yakunlanib, jasad O‘zbekistonga olib ketilishiga ruxsat berilgan. 

Bugungacha Muhammadali Qodirov singlisining vafoti bo‘yicha hech bir tashkilotga murojaat qilmagan edi. Faqatgina uning vafoti va sud-tibbiy ekspertiza ishlari zudlik bilan yakunlangani shubhali ekanini aytib kelayotgandi.

Qodirovaning janozasidan ikki hafta o‘tib, akasi Muhammadali Qodirov ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat bilan chiqdi. Uning qayd etishicha, Qodirovaning badanidan aytilganidek bir emas, balki ikkita o‘q izi topilgan. Bundan tashqari, u vahshiylarcha do‘pposlangan. Eng achinarlisi esa, sud-tibbiy ekspertizasini o‘tkazish davomida uning badani ko‘krak qismidan to qorin sohasigacha kesilgan, ichki a’zolari esa olib tashlangan. U o‘z murojaatida shunday deydi: 

“Janoza va bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin sizga qisqa ma’lumot bersam. Dafn marosimidan avval singlimni yuvintirdilar. O‘sha vaqt ko‘rganlarimga ishongim kelmayapti. Menga faqat o‘z joniga qasd qildi, tanasida bir dona o‘q izi bor deyishgandi. Ammo ular ikkita. Chap ko‘kragining ustida bir o‘q izi bor. Bel qismining orqasi, buyrak sohasiga ham o‘q uzilgan. Umumiy hisobda ikki marta o‘q uzilgan. O‘q otilgan qismlarni esa tikishgan. 

Temir yoki to‘pponchaning orqa tarafi bilan urishganmi, bilmadim, ammo singlimning bo‘yin sohasi ensa qismida ham zarba izlari bor edi. Bu vahshiylik. Inson zotiga xos ish emas. Ularni inson deyishga uyalyapman”. 

Muhammadali Qodirov mazkur voqealarni siyosatga bog‘lagan. Ma’lumki, Shirin Unal mamlakatdagi eng ko‘zga ko‘ringan deputatlardan biri. U Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an boshchiligidagi “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan Anqara deputatliga saylangan. Muhammadali Qodirov o‘z so‘zida davom etarkan, Prezidentga aloqador partiya deputatining uyida shunday hodisalar ro‘y berib turgandan keyin, boshqalardan nima kutish mumkin degan savol ko‘rinishida murojaat etadi. 

“Turkiyaning “Adolat va taraqqiyot” partiyasi deputati, iste’fodagi general Shirin Unalning uyida shunday ishlar bo‘lgan bo‘lsa, bir tomondan Turkiyaning yuzi va ko‘zi bo‘lgan bir amaldor bu ishlarga qo‘l urgan bo‘lsa, ortidan ergashgan yoshlar nimalarga qo‘l urishini bilmayman ham”. 

Qodirovning navbatdagi gaplari kishini yanada dahshatga soladi. Uning ma’lum qilishicha, jasadning barcha ichki a’zolar sud-tibbiy ekspertizasi davomida olib tashlangan. 

“Singlimning chap ko‘zi, qolaversa, tanasining boshqa qismlari ham ko‘kargandi. Ya’ni singlimni vahshiylarcha do‘pposlashgan. Singlimning jasadini ko‘rgan ayollarning aytishicha, uning tanasini bo‘g‘zidan to pastgacha vahshiylarcha yirtishgan. Barcha ichki a’zolarini olib tashlashgan. Singlimning ichi bo‘m bo‘sh edi”, deydi Qodirov. 

Joriy yilning 25 sentyabr kuni Nodira Qodirovaning oilasi vakiligi o‘laroq ushbu ishda advokatlik qilish mas’uliyatini Dastlab ayollar va bolalar uyushmasi rahbari Mujde Tozbey Erden o‘z gardaniga olgan edi. Biroq, kuni kecha Mujde Tozbey Erden advokatlikdan iste’fo berganini ma’lum qildi. Bunga Nodira Qodirovaning oila a’zolari bilan fikrlari qarama-qarshi kelganini sabab qilib ko‘rsatdi. Qodirov esa ayni vaqtda boshqa advokat bilan ishlayapti, deydi "qalampir.uz".

“Agar bu videoni ko‘rsangiz, mazkur jinoyat ishini yopib yubormasligingizni iltimos qilaman. Qo‘lingizdan kelganicha yordam bering. Men bilan bog‘liq qanday savollaringiz bo‘lsa, advokatim Birol O‘zturk bilan muloqot qilishingiz mumkin”.

Avvalroq tarqatilgan xabarlarda Muhammadali Qodirov samolyot chiptasi uchun 482 AQSh dollari va  jasadni olib ketish uchun 1450 AQSh dollari miqdoridagi pulni deputatning haydovchisidan olganini aytgan edi. Bu orada ishni yopdi-yopdi qilishga urinishlar boshlandi. Shundan keyin, marhumaning akasi singlisining vafoti haqida tilini tiyib yurishi va shikoyat qilmaslik uchun mo‘maygina pul olgani haqida gaplar tarqaldi. Biroq, Muhammadali Qodirov bularni inkor etmoqda. 

“Shuni bilingki , deputat Shirin Unal menga pul bergani yo‘q. Matbuotda va videolarda marhumaning oilasi, akasi deputatdan pul olib degan gaplarni o‘qidim. Internetdagi g‘iybatlarga ishonmang. Men hech kimdan pul olganim yo‘q, olmayman ham. Shirin Unalga esa la’natlar bo‘lsin. Hatto, qo‘ng‘iroq qilib ta’ziya bildirmadi, biror ehtiyojingiz bormi deb so‘ramadi. Na oilasi, na o‘zi biz bilan muloqotga chiqdi. 

Hamma mening pul olganimni iddao qilyapti. Yetar! Men sizga dunyoning pulini beray, siz menga singlimni qaytarib bering”, deydi Nodira Qodirovaning akasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Amerikaliklar Trampning o‘g‘lini urushga yuborishni talab qilmoqda

Bild нашрининг хабар беришича, минглаб америкаликлар Доналд Трампнинг ўғли Берронни ҳарбий хизматга чақиришни талаб қилмоқда.

BMTda uyat va bema’nilik teatri

Жанговор ҳаракатларни зудлик билан тўхтатишга чақирувчи ҳужжат қабул қилинмади.

"Suv ostidan uchiriladigan va soniyasiga 100 metr tezlikka ega": Eron yangi turdagi raketalarini ishga solmoqchi

Эрон яқин кунларда жавоб зарбалари учун янги турдаги ракеталардан фойдаланиши мумкин.

MMA afsonasi Trampning Eron haqidagi gaplariga keskin javob qaytardi

Ўтмишдаги машҳур ММА жангчиси Жефф Монсон Эрон футбол терма жамоаси билан боғлиқ вазият ҳақида ўз фикрини билдирди.

Eron Isroilga o‘ta og‘ir ballistik raketalar bilan kuchli hujum uyushtirdi

Эрон Исроил ҳудудига ўта оғир баллистик ракеталарни қўллаган ҳолда кучли ҳужум уюштирди.

«Real»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Manchester Siti» kiyinish xonasida nimalar bo‘ldi?

«Манчестер Сити» Чемпионлар лигаси доирасидаги «Реал»га қарши сафар ўйинида муваффақиятсизликка учради.

Eron AQShga yadroviy qurol dasturidan voz kechishni hujjatlashtirishni taklif qildi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арағчи бу ҳақда ижтимоий тармоқдаги саҳифасида маълум қилди.

Eron dunyoga o‘z shartlarini qo‘ymoqda

Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.

Tramp Eronning yangi oliy rahbari haqida gapirdi

Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Tramp dunyo davlatlaridan yordam so‘radi

Қўшма Штатлар президенти Хитой, Франция, Япония ва бошқа давлатларни ҳудудда хавфсиз қатновни таъминлаш учун у ерга ҳарбий кемалар юборишга чақирди.

Eron oliy rahbarining salomatligi haqida xabar berildi

Бу ҳақда ISNA Эрон ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Eronning o‘rniga Jahon chempionatiga borishi mumkin bo‘lgan terma jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда ESPN нашри хабар бермоқда.

AQSh dunyo bozori Rossiya neftiga qaram ekanini tan oldi

Дмитриевнинг таъкидлашича, энергетика инқирози кучайиши ортидан, Европа Иттифоқининг бюрократик қисмининг қаршилик кўрсатишига қарамай, Россия энергия ресурсларига киритилган чекловлар юмшатилиши тобора муқаррар бўлиб бормоқда.

Eronga qarshi urush qanday tugaydi?

АҚШнинг собиқ ҳарбий, разведка ходимидан учта сценарий

Tramp nega Zelenskiyni «kelishish»ga chaqirmoqda?

Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.

Toshkent viloyatida haydovchi avtobusda "gashish" sotayotganda ushlandi

Тезкор тадбир давомида гумонланувчининг ёнидан ҳамда бошқарувидаги автобусдан яна тўққиз дона ўрам, жами 11 ўрамда 5 грамм гашиш гиёҳвандлик воситасини сотиш мақсадида сақлаб келгани аниқланган.

"Jonli konteyner": 410 gr. tillani ichki a’zolariga yashirgancha olib chiqishga uringanlar fosh qilindi

Дастлабки ҳисоб-китобларга кўра, мазкур заргарлик буюмларининг жами қиймати 720 млн сўмни ташкил қилмоқда.

Rossiya Kiyevga hujum uyushtirdi, qurbonlar va yaradorlar bor

Маълумотларга кўра, ҳужумдан кўзланган асосий нишонлар Триполе ИЭС ҳамда Киевни Ривне АЭС билан боғловчи Наливайковкадаги подстанция бўлган.

Alimentdan qochgan otalar

Бюронинг Дўстлик тумани бўлими томонидан қидирув эълон қилинган қарздор Ш.Х. Тошкент вилояти Ўрта-Чирчиқ туманидаги кўмир омборларидан бирида топилди.

MIB tomonidan Uchko‘prik tumanida psixotrop moddalar yo‘q qilindi

Шу боис бундай ҳолатларнинг олдини олиш ва қонун устуворлигини таъминлаш борасида тизимли ишлар олиб борилмоқда.

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida narkojinoyatlar fosh qilindi

Ҳозирда қонунбузарларнинг барчасига нисбатан Жиноят Кодексининг тегишли моддалари билан жиноят ишлари қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди.

FVB xodimi 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi

ФВБ ходимига нисбатан жиноят иши қўзғатилди.

Erondagi mahalliy bayramda aholi AQSh hamda Isroil uchun ramziy tobutlar yasadi

Юришлар жараёнида айрим ҳудудларда портлаш товушлари эшитилган.

Yahudiylar maktabida o‘q uzgan shaxs kimligi ma’lum bo‘ldi

Терговчилар жиноятнинг омилларидан бири — қасос бўлиши мумкин, деб ҳисобламоқда.

Yunusobodda yangi qurilayotgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Қутқарув экипажлари воқеа жойига соат 11:09 да етиб бориб, ёнғин соат 11:16 да қуршаб олинган ва 11:19 да тўлиқ бартараф этилган.

Minobdagi maktab hujumi: hech kim jazoga tortilmaydi

Эроннинг Миноб шаҳридаги қизни мактабига қилинган ракетали ҳужум ҳеч ким томонидан атайлаб амалга оширилмаган.

Hindistonda Isroil uchun dronlar ishlab chiqaradigan zavodda yirik yong‘in

Сўнгги маълумотларга кўра, фожиа оқибатида заводда бўлган ишчилар ва муҳандислардан камида 50 киши ҳалок бўлган.

Isroil Bayrutga yangi zarbalar seriyasini boshladi

Исроил армияси Байрутдаги нишонларга янги зарбалар сериясини бошлади.

Qirg‘izistonda 2025 yilda internet firibgarlari fuqarolardan 826 mln so‘m o‘g‘irlagan

Бу ҳақда Қирғизистон ички ишлар вазири ўринбосари Нурбек Абдиев маълум қилди.

AQSh "Green Card" lotereyasi qayta boshlanganligini ma’lum qildi

АҚШ Давлат департаменти Green Card (DV-2026) хилма-хиллик визаси лотереяси 2026 йил 10 апрелдан бошланишини эълон қилди.

Bekobodda 11-sinf o‘quvchisining o‘limida gumonlanib yana 4 nafar o‘smir hibsga olindi

Жабрланувчи тиббиёт муассасасига олиб борилган бўлса-да, кўрсатилган тиббий ёрдамга қарамасдан, вафот этган.

Krokus Siti Xolldagi teraktni uyushtirgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

Теракт оқибатида 150 киши ҳалок бўлган, 336 киши жароҳатланган, яна 3 киши бедарак йўқолган.

Toshkentda yo‘l o‘tkazgich devori o‘pirilib tushdi

Ҳодиса содир бўлган ҳудуд ўраб олинган, зарур хавфсизлик чоралари кучайтирилган.

Vashingtonda Tramp va Epshteyn tasvirlangan haykal paydo bo‘ldi

Инсталляция “Титаник” фильмидаги машҳур саҳнага ўхшатиб ишланган бўлиб, олтин рангга бўялган.