Singapurlik milliarderning qizi Mo‘g‘ulistonda boshpanasiz odamlarga o‘tovlar hadya qildi

Singapurlik milliarderning qizi Mo‘g‘ulistonda boshpanasiz odamlarga o‘tovlar hadya qildi

Singapurlik milliarder Piter Limning merosxo‘ri, 27 yoshli Kim Lim Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurgach, bu yerdagi boshpanasiz odamlarga yordam berishga qaror qildi, deb yozadiTengrinews. U ehtiyojmandlarga o‘tovlar hadya qildi.

Singapurning The New Paper gazetasiga bergan intervyusida biznesmenning qizi Mo‘g‘ulistondagi uysizlar haqida hujjatli film ko‘rganidan keyin, unda yordam berish istagi paydo bo‘lganini aytdi. Qizning so‘zlariga ko‘ra, u ona sifatida ayniqsa qashshoq tumanlarda yashovchi bolalarga g‘amxo‘rlik qilish muhimligini tushunadi.

«Ona bo‘lgach, bolalar barcha narsada bizga qaram ekanligini va ular uchun bolalikning yaxshi o‘tishi juda muhim ekanligini angladim», — dedi u.

Piter Lim biznes-magnat va filantrop bo‘lib, 2016 yilda Singapurning eng boy odamlari reytingida 11-o‘rinni egallagan, uning davlati 2,4 milliard dollarga baholanmoqda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!