Singapur prezidenti Uzbekistan Airways reysi bilan Toshkentdan uchib ketdi

Singapur prezidenti Uzbekistan Airways reysi bilan Toshkentdan uchib ketdi

Singapur prezidenti Halima Yoqub O‘zbekistonga davlat tashrifini yakunlab, 25 may kuni Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining HY511 Toshkent-Seul reysi bilan Boeing 787 Dreamliner samolyotida mamlakatdan jo‘nab ketdi.

Halima Yoqub Markaziy Osiyoga kelgan birinchi Singapur prezidenti bo‘ldi. U 21-23 may kunlari Qozog‘istonga davlat tashrifini amalga oshirdi va 23 may kuni Uzbekistan Airways'ning doimiy reysi (HY722) orqali Ostonadan Toshkentga yetib keldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari, jumladan, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar va ikki mamlakat biznes-forumi 24 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tdi. 25 may kuni Halima Yoqub «Afrosiyob» tezyurar poyezdida Samarqandga bordi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!