Shveysariya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Shveysariya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Shveysariya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirganini e’lon qildi. Bu haqda Shveysariya Iqtisodiyot, ta’lim va tadqiqotlar federal departamenti (EAER) ma’lum qildi, deb yozadi «Report» «Kommersant»ga tayanib.

Ma’lum qilinishicha, 69 nafar jismoniy va 47 nafar yuridik shaxsga nisbatan jazo choralari qo‘shilgan. Yangi sanksiyalar 9 iyuldan kuchga kiradi.

Shuningdek, Pragada joylashgan «RIA Novosti» agentligi, «Izvestiya» gazetasi, «Rossiyskaya gazeta» va «Evropa ovozi» portalining tashviqoti ham taqiqlangan.

Ma’lum qilinishicha, Yevropa Ittifoqidagi voqealardan farqli o‘laroq, Shveysariyada ushbu ommaviy axborot vositalarining translyasiyasi taqiqlanmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!