Shvesiya Rossiya bilan urushmoqchimi?

Shvesiya Rossiya bilan urushmoqchimi?

Shvesiya qurolli kuchlari o‘zining “You Tube” kanalida Rossiya dushman sifatida ko‘rsatilgan potensial urushga bag‘ishlangan bir qator roliklar joylashtirdi.

Ta’kidlanishicha, ularda AQSh asosiy ittifoqchi sifatida qayd etilgan.

Roliklar "Noaniq kelajak", "Kulrang zona", "Kelajak jang maydoni", "Umumjahon mudofaasi" va "Nima himoya qilinishga arziydi?" kabi treyler va beshta reklama roliklarini o‘z ichiga oladi. Ularning har biri potensial urushning ma’lum bir daqiqasini aks ettiradi.

Videoyozuvlar shved departamentiga ko‘ra kelajak urushi gibrid xarakterga ega bo‘lishidan dalolat bermoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!