Shri-Lankadagi terakt qurbonlari 290 kishiga yetdi

Shri-Lankadagi terakt qurbonlari 290 kishiga yetdi

Yakshanba kuni Shri-Lankada mehmonxonalar va cherkovlarda portlashlar sodir etilishi natijasida halok bo‘lganlar soni 290 nafarga yetdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Shri-Lanka polisiyasi matbuot kotibi Rouen Gonasekera bergan bayonotga qaraganda, qurbonlar soni 207 nafardan 290 nafarga yetgan va jarohatlanganlar soni 500 dan oshgan.

Xavfsizlik organlari hujumlardan keyin 24 kishining hibsga olinganini e’lon qildi va hujumlarda ishtirok etgan shaxslarning kimligi haqida hech qanday bayonot bermadi.

Shri-Lanka Tashqi ishlar vazirligi teraktda 37 xorijiy davlatlar fuqarolari vafot etganini aytgan. Ular orasida Turkiyadan 2 nafar, Britaniyadan 3 nafar va Hindistondan 3 nafar fuqaro borligi aniqlangan. Qolgan 25 kishining shaxsi hali tasdiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha mamlakat poytaxti Kolombo hamda Negombo va Battikaloa shaharlarida jami sakkizta portlash yuz berdi. Teraktlarda katolik cherkovlari va hashamatli mehmonxonalar nishonga olingan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!