Shri-Lanka hukumati Rossiya bilan havo aloqalarini oktyabr oyi o‘rtalariga qadar tiklash rejalarini e’lon qildi

Shri-Lanka hukumati Rossiya bilan havo aloqalarini oktyabr oyi o‘rtalariga qadar tiklash rejalarini e’lon qildi

Shri-Lanka transport vaziri Bandula Gunavardana mamlakat rasmiylari Rossiya bilan havo aloqalarini oktyabr oyi o‘rtalariga qadar tiklash niyatida ekanini aytdi.

Bu haqda u RIA Novostiga ma’lum qildi.

“Birinchi navbatda, biz Moskvadan Kolomboga va ortga parvozlarni tiklashga harakat qilamiz (Kolombo Shri-Lankaning eng yirik shahri va norasmiy poytaxti),” dedi vazir.

Rasmiylar shuningdek, Sankt-Peterburgga parvozlarni tiklashni rejalashtirmoqda.

"Biz ularni shu yilning oktyabr oyi o‘rtalariga qadar davom ettirishga umid qilamiz", dedi Gunavardana.

3 iyun kuni Rossiyaning Aeroflot kompaniyasi Shri-Lankaga parvozlarni to‘xtatgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!