Shoygu Eronga yetib keldi
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu dushanba kuni rejalashtirilgan ish safari bilan Eronga keldi.
Rossiya Xavfsizlik Kengashi apparati ma’lumotlariga ko‘ra, u Tehronda Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Akbar Ahmadian va Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari Muhammad Bag‘iriy bilan muzokaralar o‘tkazadi. Shoyguni Eron prezidenti Masud Pezeshkian ham qabul qiladi.
Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikning keng doirasi va uni mustahkamlash – xavfsizlik sohasidan tortib savdo-iqtisodiy loyihalargacha, shuningdek, global va mintaqaviy xavfsizlikning turli jihatlari muhokama qilinadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)