Shotlandiyalik ayol suyak saratoni kasalligini yengib, go‘zallik malikasiga aylandi

Shotlandiyalik ayol suyak saratoni kasalligini yengib, go‘zallik malikasiga aylandi

 

 

 

Shotlandiyaning Kilsayt shahrida yashovchi ayol og‘ir kasallikni yengib, go‘zallik malikasi unvoniga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Daily Star xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2017 yil 25 yashar Stefani Jillanga suyak saratonining eng xavfli shakli – neyrofibrosarkoma tashxisi qo‘yilgan. Aynan o‘sha haftada uning turmush o‘rtog‘i – Robertni ham 6 tonnalik yuk mashinasi urib yuborgan.

«Har qanday 25 yoshli ayol uchun uch bolaga qarash va ular qisqa muddat ichida birdan ota-onasidan ham ayrilib qolsa, ularga kim g‘amxo‘rlik qilishi haqida o‘ylash juda qiyin. Shu tufayli ham ruhiy stressga duchor bo‘lganimni tasavvur qilishingiz mumkin», − deydi ayol.

Ammo Jillanning so‘zlariga ko‘ra, o‘zi va turmush o‘rtog‘i ham mo‘’jizaviy tarzda omon qolgan. «Mening o‘simtam juda kam uchraydi, ammo u ziyonsiz va davolash imkoni bor. Garchi suyaklarni yemirib, o‘pkaga yoyilgan bo‘lsa ham», − deydi u.

 

 

U har kuni sog‘ayishi uchun do‘zax azobini boshdan kechirayotgani, ammo bu uning hech qachon yengilishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlaydi. «Men hammasi ijobiy tarzda yakunlanishi uchun kurashishda davom etaman va hech kim muammo oldida yolg‘iz emas, degan fikrni tarqatishga harakat qilaman», − deydi ayol.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!