Shomurodov "Parma"ga qarshi o‘yinda "Jenoa"ning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Shomurodov "Parma"ga qarshi o‘yinda "Jenoa"ning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Futbolchilarning reytingini hisoblab boradigan WhoScored sayti kecha bo‘lib o‘tgan Italiya A seriyasidan o‘rin olgan "Jenoa" - "Parma" uchrashuvi bo‘yicha o‘z hisobotini taqdim etdi.

Unga ko‘ra "Jenoa" tarkibida eng ko‘p ball olgan futbolchi hamyurtimiz Eldor Shomurodov bo‘ldi. U 10 ballik tizimda 7,7 ball oldi.

Kecha Shomurodov "Parma"ga qarshi o‘yinda o‘zining Italiya A seriyasidagi ilk golini kiritganini ham ta’kidlab o‘tish zarur. Shu bilan birga u Top-5 chempionatlarida gol kiritgan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!