Shols Myunxendagi xavfsizlik konferensiyasida AQSh va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatilishini qo‘llab-quvvatlab, urushni tezroq tugatish zarurligini ta’kidladi

Germaniya kansleri, shuningdek, yaqinda Putinga qo‘ng‘iroq qilib, unga G‘arbning pozisiyasini yetkazganini eslatib o‘tdi. Bundan tashqari, Shols “Ukraina masalasida uning ishtirokisiz hech narsa hal qilinmasligi” tamoyiliga amal qilishga chaqirdi.
"Rossiyaning g‘alabasi yoki Ukrainaning qulashi na tinchlik olib keladi, na Germaniya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi", — deya ma’lum qildi kansler.
Sholsning so‘zlariga ko‘ra, urushdan keyin Ukrainaga Rossiyaning yangi hujumini oldini oladigan kafolatlar berilishi kerak, bu Yevropaning yordamisiz amalga oshmaydi.
"Berlin Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Biroq bu borada turli cheklovlarini olib tashlash kerak, chunki bu Kiyevga harbiy yordamni oshirish va Bundesver xarajatlarini ko‘paytirishga to‘sqinlik qilmoqda", —deya qo‘shimcha qildi Germaniya hukumati rahbari.