Shols Germaniyada benzin qancha turadi degan savolga javob bera olmadi

Germaniya kansleri Olaf Shols mamlakatda benzin narxi qancha degan savolga aniq javob bera olmadi.
Germaniyaning Gamburg shahri aholisi bilan suhbat chog‘ida Sholsdan mamlakatdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin qancha turishi so‘ralgan.
Kanslerning aytishicha, narxlar "juda yuqori".
“Hozircha aniq narxni bilmayman. O‘ylaymanki, ayrim turdagi yoqilg‘i taxminan 1,80 yevro turadi”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)