Shimoliy Makedoniya Ukrainaga to‘rtta Su-25 samolyotini bergan

Shimoliy Makedoniya Ukrainaga to‘rtta Su-25 samolyotini bergan

Shimoliy Makedoniya Ukrainaga to‘rtta Su-25 samolyoti berilganini tasdiqladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Slavyanka Petrovska xabar berdi.

Samolyotlar 2022 yil yozida topshirilgan bo‘lsa-da, vazir bu haqda endi ma’lum qildi.

Yozda Ukraina uchta bir o‘rindiqli Su-25 va bitta ikki o‘rinli Su-25UB olgan. Barcha hujum samolyotlari uchmaydigan holatda edi va, ehtimol, ehtiyot qismlari sifatida ishlatilgan.

Ayni paytda Shimoliy Makedoniya hukumati Ukrainaga 12 ta Mi-24 vertolyotini topshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!