Shimoliy Koreyada bir kunda 300 mingdan ko‘proq insonda COVID-19 aniqlandi

Shimoliy Koreyada bir kunda 300 mingdan ko‘proq insonda COVID-19 aniqlandi

Shimoliy Koreyada oxirgi sutka davomida COVID-19dan 15 ta o‘lim qayd etildi. Ushbu infeksiyadan vafot etganlar soni 42 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi.

Kun davomida shifokorlar mamlakatda isitma belgilari bilan 296 180 nafar fuqaroni aniqladi. Aprel oyi oxiridan buyon bunday bemorlarning umumiy soni 820 mingdan ortiqni tashkil etdi, ulardan 324 ming nafari hali ham davolanmoqda, 496 ming nafari tuzalib ketdi.

Shimoliy Koreyada rasmiylar go‘yoki COVID-19ni tekshirish va aniqlash uchun asbob-uskunalar yo‘qligi sababli koronavirus bilan kasallanganlarni "isitma bilan kasallangan" deb atashmoqda. Mamlakatning barcha shahar va tumanlarida KXDR yetakchisi Kim Chen In nomidan karantin joriy etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!