Shimoliy Koreya yangi zenit raketasini sinovdan o‘tkazdi

Shimoliy Koreya yangi zenit raketasini sinovdan o‘tkazdi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yangi « Pyoldji-1-2» Zenit raketasini va «Hvasal-1 Ra-3» strategik qanotli raketasining o‘ta katta jangovar kallagini sinovdan o‘tkazdi.

Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) ma’lum qildi, deb yozadi «Report».

Ta’kidlanishicha, sinovlar Sariq dengizda KXDR Raketa fanlari bosh boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan va turli xil yangi qurollar texnologiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan.

KCNA sinovlar raketa fanlari bo‘limining muntazam faoliyati doirasida amalga oshirilganini va mintaqadagi vaziyatga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!