KXDR mahalliy vaqt bilan soat 07:41 dan 07:51 gacha (Toshkent vaqti bilan 03:41 - 03:51) Xvanxe-Namdo provinsiyasining Changyong hududidan ikkita qisqa masofali ballistik raketalarni uchirdi, ular Yapon dengizi yo‘nalishi bo‘yicha taxminan 620 kilometr uchib bordi. Bu haqda 14 mart, seshanba kuni Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi xabar berdi.
Uchirish Janubiy Koreya va AQSh muntazam harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaza boshlaganidan so‘ng amalga oshirildi. Ikki davlat razvedka xizmatlari sodir bo‘lgan voqeani har tomonlama tahlil qilmoqda, deya ta’kidladi Koreya Respublikasi Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi.
«Biz Shimol tomonidan ballistik raketa uchirilishini nafaqat Koreya yarimorolida, balki xalqaro hamjamiyat darajasida tinchlik va barqarorlikka putur yetkazuvchi muhim provokasiya akti, shuningdek, BMT rezolyusiyasini ochiqdan-ochiq buzish holati sifatida keskin qoralaymiz», - deyiladi qo‘mita xabarida. Ular Shimoliy Koreyani bunday sinovlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.
Koreya Respublikasi AQSh bilan mudofaa pozisiyalaridan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazayotganini va Pxenyan tomonidan «qo‘shimcha provokasiyalar» ehtimoli bor-yo‘qligini o‘rganishini ta’kidladi.
Shtab boshliqlari qo‘mitasi Shimoliy Koreyaning har qanday provokasiyalariga javoban «bosish» imkoniyatiga asoslangan holda, jangovar shaylikni saqlab qolishini ta’kidladi.
Shimoliy Koreya 12 mart kuni mashg‘ulotlar doirasida suvosti kemasidan ikkita strategik qanotli raketa uchirdi.
KMTA agentligi tarqatgan rasmiy hisobotga ko‘ra, Kenpo ko‘rfazi suvlaridagi suvosti kemasidan ikkita strategik qanotli raketalar uchirilgan, ular «Yapon dengizi ustidan 8-shaklida trayektoriya bo‘ylab taxminan 1500 km uchib o‘tib, nishonga tekkan».
Bungacha Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In raisligida Koreya Mehnat partiyasi Markaziy harbiy komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazilgandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.
Украина Қуролли кучлари маълумотига кўра, 24 майга ўтар кечаси Россия Украинага 250 та дрон ва 14 та “Искандер-М” баллистик ракетаси билан ҳужум қилган.
Унга биринчи ёрдам кўрсатилиб, вақтинча сақлаш учун вилоят кинология марказига олиб келинган ҳамда алоҳида парваришга олиниб, тиббий кўрикдан ўтказилган.
Таъкидлаш лозимки, гуруҳ етакчиси ва аъзоларининг 4 нафари муқаддам содир этган жиноятлари учун умрининг маълум бир қисмини панжара ортида ўтказган бўлсаларда, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.
Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.
Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.