Shimoliy Koreya Pelosining Tayvanga tashrifiga munosabat bildirdi

Shimoliy Koreya Pelosining Tayvanga tashrifiga munosabat bildirdi

Pxenyan AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifini keskin qoraladi va buni Vashingtonning boshqa davlatning ichki ishlariga “qo‘pol aralashuvi” deb atadi, deb yozadi “Interfaks”.

“Hozirgi vaziyat shundan dalolat beradiki, aynan AQShning ichki ishlarga qo‘pol aralashuvi va ularning qasddan harbiy-siyosiy provokasion fitnalari mintaqada tinchlik va xavfsizlikni buzishning asosiy manbai hisoblanadi”, — dedi Shimoliy Koreya TIV vakili.

Tashqi ishlar vazirligi “Tayvan Xitoyning ajralmas qismi, Tayvan masalasi esa Xitoyning ichki ishi” ekanligini ta’kidladi.

Ular tashqi kuchlarning mamlakat ichki ishlariga aralashuviga qarshi choralar ko‘rish “suveren davlatning tabiiy huquqi” ekanligini ta’kidladilar.

“Biz Tayvan masalasiga tashqi kuchlarning aralashuvini qoralaymiz va rad etamiz, Xitoy hukumatining davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat’iy himoya qilish tarafdori bo‘lgan adolatli pozisiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deyiladi TIV xabarida.

AQShning "Xitoy taraqqiyoti va kuchayishiga to‘sqinlik qilish" urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, deya xulosa qildi vazirlik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!