Shimoliy Koreya askarlarining aksariyati Ukrainada halok bo‘lishi taxmin qilindi
Tajribasiz, yaxshi o‘qitilmagan va yetarlicha oziqlanmagan KXDR qo‘shinlari Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun Rossiyaga yo‘l oldi, deb yozadi The Guardian.
NATO va Pentagon 10 000 ga yaqin Shimoliy Koreya qo‘shinlari allaqachon Rossiyada, xususan Ukraina chegarasidagi Kursk yaqinida ekanligini, ular bir necha kun ichida harakatga kirishishlari mumkinligini tasdiqladi. AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken ta’kidlashicha, «Rossiya ularni artilleriya, dron operasiyalari va piyoda qo‘shinlar operasiyalariga o‘rgatgan», ularni frontdagi janglarga tayyorlagan.
Garchi ularning ishtiroki Rossiyaga safarbarlikdan qochishga yordam bersada, ekspertlar tajribasi yo‘qligi sababli ushbu bo‘linmalarning samaradorligiga shubha qilishadi. Aksariyati 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar bo‘lgan askarlar tekisliklarda jang qilishga odatlanmagan.
Shimoliy Koreya askarlari avvallari 1950 yillarda faqat Koreya urushida xizmat qilgan, so‘nggi yillarda esa boshqa davlatlarga maslahatchi sifatida harbiy yordam ko‘rsatgan. Endi ular rus qurollari, xususan, pulemyotlar, minomyotlar va snayper miltiqlari bilan jihozlandi.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya uchun bu tarixiy qaror, chunki ilgari u katta quruqlik qo‘shinlarini chet elga yubormagan. Biroq, Shimoliy Koreyaning sobiq zobiti An Chan Il ta’kidlashicha: «Kim Chen In tavakkal qilmoqda. Agar katta miqdordagi yo‘qotishlar bo‘lmasa, u ma’lum darajada xohlagan narsasini oladi. Lekin uning ko‘p askarlari jangda halok bo‘lsa, hammasi boshqacha bo‘ladi.»
Ko‘pgina Shimoliy Koreyaliklar uchun Rossiyada jang qilish mag‘rurlik va oilalarini boqish uchun pul topish imkoniyatidir.
Sobiq ofiser, hozirda Seuldagi faollar guruhiga rahbarlik qilayotgan Choy Chon Xun o‘z vatandoshlarini sog‘inadi, ularni zambarak go‘shti deb biladi: «Ular eng xavfli pozisiyalarga yuboriladi. Ishonchim komilki, ularning ko‘pchiligi halok bo‘ladi.»