Shimoliy Karolinada tornado oqibatida uylar vayron bo‘lgan, minglab odamlar elektr ta’minotidan uzilib qolgan

AQShning Shimoliy Karolina shtatida 16 fevral kuni tornado kuzatildi. Tabiiy ofat oqibatida kamida uch nafar odamning halok bo‘lgan, yana o‘n kishi turli darajadagi jarohatlar olgan, deb yozmoqda AP Photo.

Shimoliy Karolinada tornado oqibatida uylar vayron bo‘lgan, minglab odamlar elektr ta’minotidan uzilib qolgan

Foto: Twitter

«Tornado seshanbaga o‘tar kechasi, yarim tunda Grissettaun yaqinidagi janubi-sharqiy okrug Bransuikda Oushn-Rij plantasiyasi yaqinida boshlangan. Po‘rtana oqibatida uylar vayron bo‘lgan, elektr tarmoqlari ishdan chiqishi oqibatida minglab odamlar elektr ta’minotidan uzilib qolgan, hududdagi daraxtlar ham qulab tushgan», – deyiladi xabarda.

Shimoliy Karolinada tornado oqibatida uylar vayron bo‘lgan, minglab odamlar elektr ta’minotidan uzilib qolgan

Foto: Twitter

Bransuik okrugi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi odamlarning o‘z uylarida tuzoqda qolib ketganini xabar qilgan. Bedarak yo‘qolganlarni izlash ishlari boshlab yuborilgan.

Shimoliy Karolinada tornado oqibatida uylar vayron bo‘lgan, minglab odamlar elektr ta’minotidan uzilib qolgan

Foto: Twitter

Mahalliy hukumat aholidan qutqaruv guruhlari ko‘chalarni tozalab, qurbonlarni izlab topguniga qadar mazkur hududni aylanib o‘tishni so‘ragan.

Shimoliy Karolinada tornado oqibatida uylar vayron bo‘lgan, minglab odamlar elektr ta’minotidan uzilib qolgan

Foto: Twitter

Shimoliy Karolinada tornado oqibatida uylar vayron bo‘lgan, minglab odamlar elektr ta’minotidan uzilib qolgan

Foto: Twitter

Shimoliy Karolinada tornado oqibatida uylar vayron bo‘lgan, minglab odamlar elektr ta’minotidan uzilib qolgan

Foto: Twitter

2020 yil mart oyida AQShning Tennessi shtatiga yopirilgan tornado oqibatida 25 kishi, aprel oyida mamlakat janubidagi tornado oqibatida 30 kishi halok bo‘lgan, shuningdek AQShda iyul oyida ham kuchli tornadolar yuz bergan.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!