Shifokor koronavirusga qarshi emlanishdan keyin nima qilmaslik kerakligini ma’lum qildi

Shifokor koronavirusga qarshi emlanishdan keyin nima qilmaslik kerakligini ma’lum qildi

Koronavirus infeksyasiga qarshi emlangan ko‘ngillilar agar bu avvalroq amalga oshirilgan bo‘lsa, antitanachalar testini o‘z xohishlariga ko‘ra o‘tkazmasliklari, agarda o‘tkazgan bo‘lishsa, natijalar haqida shifokorga aytmasliklari kerak. Zero, bu tadqiqotga ta’sir qilishi mumkin.

Tegishli fikr isroillik immunolog, Quddusdagi Xadassa ar Ha-Sofim klinikasining bo‘lim mudiri, professor Yakov Berkun tomonidan bildirildi.

Shifokorning aytishicha, G‘arbiy mamlakatlarda, shu jumladan, Isroilda test sinovlari ishtirokchilari o‘zlaridagi istagan narsani tekshirishga to‘liq haqli. Ammo shu bilan birga, bunday qatnashchilarga ushbu harakatning keraksiz ekanligi tushuntirilmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning COVID-19 vaksinasi sinovining uchinchi bosqichida qatnashgan bir qator ishtirokchilar vaksina yoki plasebo olganligini aniqlash maqsadida antitanachalar testlarini o‘tkazishganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday harakatlar tadqiqot sifatini shubha ostiga qo‘yishi mumkin.

Berkunning so‘zlariga ko‘ra, plasebo yoki haqiqiy vaksinani olganlik to‘g‘risida ma’lumot faqatgina ko‘ngilli ishtirokchi tomonidan to‘ldiriladigan kundaliklardagi sub’ektiv alomatlarga ta’sir qilishi mumkin. Vaksina obro‘siga esa ta’sir o‘tkaza olmaydi.

«Emlash ishlarini amalga oshirganimizda har doim plasebo qabul qiluvchi alohida nazorat guruhi bo‘ladi va shu ikkala guruhda kuzatilayotgan alomatlar va kasallikning kechishi taqqoslanadi. Shu bilan birga, ushbu jarayonda ishtirokchi ham, tadqiqotchi ham odam nima olganini bilmasligi kerak», - dedi isroillik mutaxassis.

Professorning qayd etishicha, vaksinaning sifati tekshiruvning barcha bosqichlarini hisobga olgan holda qat’iy protokol asosida maxsus komissiyalar tomonidan belgilanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!