SHHT 18 a’zoga qadar kengayishi mumkin

SHHT 18 a’zoga qadar kengayishi mumkin


Shanxay hamkorlik tashkilotiga bir qator boshqa davlatlar, jumladan BAA, Suriya, Qatar va Saudiya Arabistoni ham kirishni istamoqda.

"10 ga yaqin davlatdan SHHTdagi maqomini oshirish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish so‘ralgan. Ular orasida arab dunyosi vakillari bor: Suriya, Misr, Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari. Janubi-Sharqiy Osiyodan Myanma, Kambodjani xohlaydilar. Qo‘shni davlatlardan – Armaniston va Ozarbayjondan. Biz SHHTga qiziqishning misli ko‘rilmagan ko‘lamini ko‘ryapmiz”, deb tushuntirdi “Izvestiya”ning yuqori martabali xabardor manbasi.

Bundan tashqari, Amirliklar byurokratik tartibni chetlab o‘tib, darhol uyushma a’zosi maqomini berishni so‘radi.

Hozir SHHTga sakkizta davlat – Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!