Shayxontohur tumanida tadbirkorning 227,5 mln so‘mini qo‘lga kiritgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Shayxontohur tumanida tadbirkorning 227,5 mln so‘mini qo‘lga kiritgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro J.T. va SH.U.lar YATTga norasmiy hisobchi sifatida ko‘maklashish orqali tadbirkorning ishonchiga kirib, 2019-2020 yillar davomida xaridorlar tomonidan muddatli to‘lovga olingan maishiy texnika vositalarining oylik to‘lovlaridan kelib tushgan 227,5 mln so‘m naqd pul mablag‘larini kassaga kirim qilmasdan, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, tadbirkorning manfaatlariga zarar yetkazishganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.T. va SH.U.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!