Shavkat Mirziyoyev Yashnoboddagi 22 ta kasbga o‘rgatadigan «Ishga marhamat» markazini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Yashnoboddagi 22 ta kasbga o‘rgatadigan «Ishga marhamat» markazini borib ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 fevral, juma kuni, Toshkentning Yashnobod tumanidagi «Ishga marhamat» mono-markazi faoliyati bilan tanishdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Mono-markaz 2019 yil sentyabr oyida faoliyat boshlagan bo‘lib, unda qurilish, maishiy xizmat, texnik-muhandislik kabi sohalar bo‘yicha 22 ta kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan. Buning uchun zarur stanoklar, mebel, mulyaj va boshqa amaliyot vositalari keltirib o‘rnatilgan.

Bu yerga kelganlarga avval bandlik masalalari bo‘yicha maslahat xizmati ko‘rsatiladi. Doimiy ishga ega bo‘lmasa, bo‘sh ish o‘rinlari taklif etiladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj murojaatchilar doimiy kvotali ish bilan ta’minlanishi ham mumkin.

Kasbiy malaka talab etiladigan ishni tanlaganlar shu yerdagi o‘quv kursiga jalb qilinadi. Boshqa mamlakatda ishlash istagini bildirgan fuqarolarga bu boradagi ko‘nikma va xorijiy tillar o‘rgatiladi. Markaz yiliga 5,6 ming kishini o‘qitish imkoniyatiga ega.

«Markazda ingliz, turk, yapon, xitoy, koreys va rus tillarini o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar faoliyat yuritmoqda», — deya qayd etmoqda Prezident matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, Shavkat Mirziyoyev markazda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, kasb o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbatlashgan.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!