Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Maminni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Maminni qabul qildi

Bugun, 25 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikkinchi O‘zbekiston-Qozog‘iston hududlararo hamkorlik forumi doirasida mamlakatimizga kelgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Maminni qabul qildi.

Uchrashuvda keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning rivojlanish sur’ati ortayotgani qayd etildi.

Asqar Mamin O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Shuningdek, qo‘shma dasturlar asosida gumanitar va turizm sohalarida faol almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv so‘ngida keng ko‘lamli O‘zbekiston-Qozog‘iston sherikligi doirasida yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tayyorlashga kelishib olindi.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!