Shavkat Mirziyoyev: "Men butun xalqimizni ana shu buyuk maqsadga erishishda o‘zaro birdamlikka va hamjihatlikka chaqiraman"

Shavkat Mirziyoyev: "Men butun xalqimizni ana shu buyuk maqsadga erishishda o‘zaro birdamlikka va hamjihatlikka chaqiraman"

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitusiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Biz ishlashga – ishi, yashashga – uyi bo‘lgan, fuqarolari tinch va erkin, hayotdan mamnun, dasturxoni to‘kin, oilasi baxtiyor va farovon yashaydigan davlat qurishni maqsad qilganmiz.

Biz ana shunday buyuk ishlar arafasida turibmiz. Kuchli iqtisodiyot barpo etib, dunyoda munosib o‘rnimizni egallashimiz, xalqimizga yuksak sharoitlar yaratish uchun ham juda ko‘p ishlarni birgalikda amalga oshirishimiz kerak.

Betakror yurtimizda barqaror jamiyatni va bardavom taraqqiyotni ta’minlash – barchamizning bosh maqsadimizdir!

Men butun xalqimizni ana shu buyuk maqsadga erishishda o‘zaro birdamlikka va hamjihatlikka chaqiraman.

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi bo‘ladigan yangilanayotgan Konstitusiyamizga tayanib, Yangi O‘zbekistonni albatta birgalikda barpo etamiz.

Oradan yillar, asrlar o‘tadi, lekin g‘oyat murakkab sharoitda bunday ulkan islohotlarni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shgan insonlarni kelgusi avlodlar hech qachon unutmaydi.

Ana shunday buyuk baxt va sharaf barchamizga yor bo‘lsin!”, dedi Prezident so‘zining yakunida.

Nizomjon Islomov tayyorladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!