Shavkat Mirziyoyev Germaniyada yashaydigan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Germaniyada yashaydigan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga yetib keldi. Berlinda Shavkat Mirziyoyevni Germaniyada o‘qiyotgan bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar katta xursandchilik bilan kutib oldi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Berlindagi O‘zbekiston delegasiyasi joylashgan qarorgoh oldida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonlik yoshlarning o‘qish va ishlari, orzu-istaklari bilan qiziqdi.

Rivojlangan davlatlar barcha sohalarga ilmiy yondashib natijaga erishgan. Biz ham juda katta izlanishdamiz. Butun harakatlarimiz dunyo bilan teng bo‘lishga, xalqimizga munosib hayot yaratishga qaratilgan. Islohotlarni sizdek ilg‘or yoshlar bilan birga amalga oshiramiz. Hamma o‘rgangan bilim, nou-xau laringni O‘zbekistonning har bir sohasi intiqlik bilan kutyapti. Qancha ko‘p bilimli bo‘lsak, shuncha qudratli bo‘lamiz,- dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident yoshlarni o‘qish va izlanishlarini muvaffaqiyatli tugatib, bilim va tajribalarini mamlakatimiz rivojiga yo‘naltirishga taklif etdi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga rasmiy tashrifi 22 yanvarga qadar davom etadi.Tashrifning asosiy tadbirlari 21 yanvarga mo‘ljallangan. O‘zbekiston prezidenti Berlinda Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!