Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi (FOTOGALEREYa)

A A A
Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi (FOTOGALEREYa)

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 may kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi.

Bu boradagi reja 2017 yil 3 fevral kuni mazkur boqqa tashrif chog‘ida begilangan edi. O‘sha yili 18 aprelda davlatimiz rahbarining tegishli qarori qabul qilinib, xiyobonning me’moriy-g‘oyaviy loyihasi ishlab chiqildi.

O‘tgan vaqt mobaynida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, 8 gektardan ziyod maydonda Adiblar xiyobonining yaxlit me’moriy ansambli yaratildi.

Ilgari bu yerda sanoqli adiblarimizning haykallari bor edi. Go‘yoki, Alisher Navoiydan so‘ng iste’dodli shoirlar yetishib chiqmaganday taassurot paydo bo‘lardi.

Shu bois Adiblar xiyobonini g‘oyaviy-badiiy jihatdan yanada boyitish maqsadida Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Cho‘lpon, Qodiriy, To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr Faynberg singari atoqli namoyandalar xotirasiga bag‘ishlangan yangi yodgorlik majmualari ham yaratildi.

Hazrat Navoiy bobomizning muhtasham haykali atrofida 20 dan ziyod atoqli shoir va adiblarning haykallari yaxlit me’moriy va badiiy kompozisiyada, mantiqiy yechim asosida joylashtirildi. Shu yerda Yozuvchilar uyushmasi uchun bino barpo etilgani ham hamohanglik kasb etdi.

Davlatimiz rahbari bu yerga tashrif buyurib, Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘ydi. Xiyobonda amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi (FOTOGALEREYa)

Yozuvchi va shoirlar, ziyolilar bilan uchrashuvda milliy adabiyotimizni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, galdagi muhim vazifalar haqida so‘z bordi.

– Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yurtimizda ijodkorlarning asarlari doimiy ravishda chop etilyapti. Endi ularni dunyoga olib chiqish kerakligi ta’kidlandi.

Masalan, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon singari ijodkorlarning asarlari xorijiy tillarda nashr etilmoqda. Lekin bu ishlar tarjimonlarning o‘z tashabbusi va qiziqishi bilan bo‘lyapti.

Bu borada Yozuvchilar uyushmasi tashabbuskor bo‘lishi, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan birgalikda o‘zbek adabiyotining eng sara namunalarini turli tillarga tarjima qilib, nashr etishi zarurligi qayd etildi.  

Adiblar xiyobonini adabiyot, ma’rifat va madaniyat maskaniga aylantirish, har bir adib haykalini muayyan oliy o‘quv yurtiga biriktirib, bu yerda ochiq darslar, ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Xiyobon bilangina cheklanib qolmasdan, adiblar ijodini chuqur o‘rganish, ularning ibratli umr yo‘llari haqida kitoblar va filmlar yaratish, yangi asarlar yozish muhimligi ta’kidlandi.

- Mana, “zamonamiz qahramonlari”, deb ko‘p gapiramiz. Bugun bu qahramonlar koronavirusga qarshi kurashayotgan fidoyi shifokorlarimiz, mard harbiylarimiz, saxovatli tadbirkorlarimiz, vatanparvar yoshlarimiz. Ularning jasorati haqida o‘qishni hammamiz xohlaymiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi (FOTOGALEREYa)

Bugungi yoshlar internetdan, elektron adabiyotlardan ko‘proq foydalanishi, lekin milliy adabiyotimiz xazinasini internetda targ‘ib etish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bois Prezidentimiz “Adiblar xiyoboni” deb nomlangan internet portali tashkil etish taklifini bildirdi.

Unda mumtoz va zamonaviy asarlarning elektron nusxalari, yozuvchi va adabiyotshunoslarning mahorat saboqlari jamlanadi. Portal o‘zbek, ingliz va rus tillarida faoliyat ko‘rsatsa, undan xorijlik muxlis va mutaxassislar ham foydalanishi imkoniyati yaratiladi.

Shu yerda oliy ta’lim muassasalarining adiblar ijodini o‘rganish bo‘yicha taqdimotlari o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari xiyobon yonida tashkil etilgan kutubxonani ham ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi (FOTOGALEREYa)

Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi (FOTOGALEREYa)Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi (FOTOGALEREYa)Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi (FOTOGALEREYa)Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi (FOTOGALEREYa)Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi (FOTOGALEREYa)Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi (FOTOGALEREYa)Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi (FOTOGALEREYa)Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi (FOTOGALEREYa)Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi (FOTOGALEREYa)Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi (FOTOGALEREYa)Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi (FOTOGALEREYa)Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi (FOTOGALEREYa)Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi (FOTOGALEREYa)Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi (FOTOGALEREYa)

 



Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Amerikaliklar Trampning o‘g‘lini urushga yuborishni talab qilmoqda

Bild нашрининг хабар беришича, минглаб америкаликлар Доналд Трампнинг ўғли Берронни ҳарбий хизматга чақиришни талаб қилмоқда.

BMTda uyat va bema’nilik teatri

Жанговор ҳаракатларни зудлик билан тўхтатишга чақирувчи ҳужжат қабул қилинмади.

"Suv ostidan uchiriladigan va soniyasiga 100 metr tezlikka ega": Eron yangi turdagi raketalarini ishga solmoqchi

Эрон яқин кунларда жавоб зарбалари учун янги турдаги ракеталардан фойдаланиши мумкин.

MMA afsonasi Trampning Eron haqidagi gaplariga keskin javob qaytardi

Ўтмишдаги машҳур ММА жангчиси Жефф Монсон Эрон футбол терма жамоаси билан боғлиқ вазият ҳақида ўз фикрини билдирди.

Eron Isroilga o‘ta og‘ir ballistik raketalar bilan kuchli hujum uyushtirdi

Эрон Исроил ҳудудига ўта оғир баллистик ракеталарни қўллаган ҳолда кучли ҳужум уюштирди.

«Real»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Manchester Siti» kiyinish xonasida nimalar bo‘ldi?

«Манчестер Сити» Чемпионлар лигаси доирасидаги «Реал»га қарши сафар ўйинида муваффақиятсизликка учради.

Eron AQShga yadroviy qurol dasturidan voz kechishni hujjatlashtirishni taklif qildi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арағчи бу ҳақда ижтимоий тармоқдаги саҳифасида маълум қилди.

Eron dunyoga o‘z shartlarini qo‘ymoqda

Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.

Tramp Eronning yangi oliy rahbari haqida gapirdi

Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Tramp dunyo davlatlaridan yordam so‘radi

Қўшма Штатлар президенти Хитой, Франция, Япония ва бошқа давлатларни ҳудудда хавфсиз қатновни таъминлаш учун у ерга ҳарбий кемалар юборишга чақирди.

Eron oliy rahbarining salomatligi haqida xabar berildi

Бу ҳақда ISNA Эрон ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Eronning o‘rniga Jahon chempionatiga borishi mumkin bo‘lgan terma jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда ESPN нашри хабар бермоқда.

AQSh dunyo bozori Rossiya neftiga qaram ekanini tan oldi

Дмитриевнинг таъкидлашича, энергетика инқирози кучайиши ортидан, Европа Иттифоқининг бюрократик қисмининг қаршилик кўрсатишига қарамай, Россия энергия ресурсларига киритилган чекловлар юмшатилиши тобора муқаррар бўлиб бормоқда.

Eronga qarshi urush qanday tugaydi?

АҚШнинг собиқ ҳарбий, разведка ходимидан учта сценарий

Tramp nega Zelenskiyni «kelishish»ga chaqirmoqda?

Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.

Toshkent viloyatida haydovchi avtobusda "gashish" sotayotganda ushlandi

Тезкор тадбир давомида гумонланувчининг ёнидан ҳамда бошқарувидаги автобусдан яна тўққиз дона ўрам, жами 11 ўрамда 5 грамм гашиш гиёҳвандлик воситасини сотиш мақсадида сақлаб келгани аниқланган.

"Jonli konteyner": 410 gr. tillani ichki a’zolariga yashirgancha olib chiqishga uringanlar fosh qilindi

Дастлабки ҳисоб-китобларга кўра, мазкур заргарлик буюмларининг жами қиймати 720 млн сўмни ташкил қилмоқда.

Rossiya Kiyevga hujum uyushtirdi, qurbonlar va yaradorlar bor

Маълумотларга кўра, ҳужумдан кўзланган асосий нишонлар Триполе ИЭС ҳамда Киевни Ривне АЭС билан боғловчи Наливайковкадаги подстанция бўлган.

Alimentdan qochgan otalar

Бюронинг Дўстлик тумани бўлими томонидан қидирув эълон қилинган қарздор Ш.Х. Тошкент вилояти Ўрта-Чирчиқ туманидаги кўмир омборларидан бирида топилди.

MIB tomonidan Uchko‘prik tumanida psixotrop moddalar yo‘q qilindi

Шу боис бундай ҳолатларнинг олдини олиш ва қонун устуворлигини таъминлаш борасида тизимли ишлар олиб борилмоқда.

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida narkojinoyatlar fosh qilindi

Ҳозирда қонунбузарларнинг барчасига нисбатан Жиноят Кодексининг тегишли моддалари билан жиноят ишлари қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди.

FVB xodimi 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi

ФВБ ходимига нисбатан жиноят иши қўзғатилди.

Erondagi mahalliy bayramda aholi AQSh hamda Isroil uchun ramziy tobutlar yasadi

Юришлар жараёнида айрим ҳудудларда портлаш товушлари эшитилган.

Yahudiylar maktabida o‘q uzgan shaxs kimligi ma’lum bo‘ldi

Терговчилар жиноятнинг омилларидан бири — қасос бўлиши мумкин, деб ҳисобламоқда.

Yunusobodda yangi qurilayotgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Қутқарув экипажлари воқеа жойига соат 11:09 да етиб бориб, ёнғин соат 11:16 да қуршаб олинган ва 11:19 да тўлиқ бартараф этилган.

Minobdagi maktab hujumi: hech kim jazoga tortilmaydi

Эроннинг Миноб шаҳридаги қизни мактабига қилинган ракетали ҳужум ҳеч ким томонидан атайлаб амалга оширилмаган.

Hindistonda Isroil uchun dronlar ishlab chiqaradigan zavodda yirik yong‘in

Сўнгги маълумотларга кўра, фожиа оқибатида заводда бўлган ишчилар ва муҳандислардан камида 50 киши ҳалок бўлган.

Isroil Bayrutga yangi zarbalar seriyasini boshladi

Исроил армияси Байрутдаги нишонларга янги зарбалар сериясини бошлади.

Qirg‘izistonda 2025 yilda internet firibgarlari fuqarolardan 826 mln so‘m o‘g‘irlagan

Бу ҳақда Қирғизистон ички ишлар вазири ўринбосари Нурбек Абдиев маълум қилди.

AQSh "Green Card" lotereyasi qayta boshlanganligini ma’lum qildi

АҚШ Давлат департаменти Green Card (DV-2026) хилма-хиллик визаси лотереяси 2026 йил 10 апрелдан бошланишини эълон қилди.

Bekobodda 11-sinf o‘quvchisining o‘limida gumonlanib yana 4 nafar o‘smir hibsga olindi

Жабрланувчи тиббиёт муассасасига олиб борилган бўлса-да, кўрсатилган тиббий ёрдамга қарамасдан, вафот этган.

Krokus Siti Xolldagi teraktni uyushtirgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

Теракт оқибатида 150 киши ҳалок бўлган, 336 киши жароҳатланган, яна 3 киши бедарак йўқолган.

Toshkentda yo‘l o‘tkazgich devori o‘pirilib tushdi

Ҳодиса содир бўлган ҳудуд ўраб олинган, зарур хавфсизлик чоралари кучайтирилган.

Vashingtonda Tramp va Epshteyn tasvirlangan haykal paydo bo‘ldi

Инсталляция “Титаник” фильмидаги машҳур саҳнага ўхшатиб ишланган бўлиб, олтин рангга бўялган.