Shavkat Mirziyoyev 2022 yilda Belgiyaga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev 2022 yilda Belgiyaga tashrif buyuradi

“O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” hamkorlik kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim loyihasi yaqin vaqt ichida yakunlanishi haqida xabar berildi. Ushbu hujjatni imzolash O‘zbekiston Prezidentining 2022 yilda Bryusselga bo‘lajak tashrifi doirasida rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abdulaziz Komilov ma’lum qildi.

"Demokratik islohotlar, inson huquqlari, diniy erkinliklar, bolalar va majburiy mehnat masalalari bo‘yicha hamkorlikka katta etibor qaratilmoqda. Ta’kidlab o‘tishim mumkinki, so‘nggi bir necha yil ichida biz ikki tomonlama kun tartibimizdan insoniy o‘lchov bilan bog‘liq ba’zi muammoli masalalarni olib tashlashga muvaffaq bo‘ldik. Kelajakda hali qilinadigan ishlar ko‘pligini tushunamiz. Shu nuqtai nazardan, biz Yevropa Ittifoqidagi hamkasblarimiz bilan yangi yutuqlarga erishish uchun hamkorlik qilishga tayyormiz", – dedi Abdulaziz Komilov.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri siyosiy kun tartibida Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni davom ettirish uchun kelajakda muhokama qilinishi kerak bo‘lgan ko‘plab masalalar mavjudligini takidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!