Sharl Mishel Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qildi

Sharl Mishel Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qildi

Evropa Kengashi rahbari shu kunlarda mintaqada yuzaga kelgan keskinlikdan xavotir bildirdi va YEI mintaqada mustahkam tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettirishiga ishontirdi.

Ozarbayjon prezidenti bunga javoban Mishelga Armanistonning navbatdagi harbiy provokasiyasi haqida gapirib, mintaqadagi keskinlik uchun barcha javobgarlikni Armaniston tomoniga yukladi.

Aliyev, shuningdek, Armaniston qurolli kuchlari va noqonuniy arman qurolli tuzilmalari Ozarbayjon hududidan olib chiqilishi kerakligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!