Shahzoda Garri va uning rafiqasi Janubiy Afrikadagi eng qadimiy masjidga tashrif buyurishdi

Shahzoda Garri va uning rafiqasi Janubiy Afrikadagi eng qadimiy masjidga tashrif buyurishdi

O‘zlarining dastlabki oilaviy sayohatlarida Buyuk Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Janubiy Afrikaning eng qadimiy masjidiga tashrif buyurishdi.

Juftlik Keyptaun shahridagi 225 yillik tarixga ega Auval masjidida bo‘lib, Janubiy Afrikadagi birinchi Qur’on qo‘lyozmasini tomosha qilishdi. Masjid ma’muriyatining ta’kidlashicha,  bu Qur’on mamlakatda islomga ruxsat berilmagan bir davrda Robben orolida yozilgan. Uni zindonband qilingan imom yoddan aytib bergan va kotiblar yozib olishgan.

Shuningdek, Garri va Megan Markl tashrif chog‘ida bir nechta diniy rahbarlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.

Qirollik juftligining dunyo bo‘ylab 10 kunlik safarida shahzoda Garri Bostvana, Angola va Malavi davlatlarida bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Unda yovvoyi tabiatni muhofaza qilish, aholining ruhiy salomatligi va hududlarni minalardan tozalashga qaratilgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!