Shaftoli va o‘rik ba’zi insonlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin

Shaftoli va o‘rik ba’zi insonlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin

Shaftoli va o‘riklarni diabet bilan kasallangan, shuningdek, oshqozon kislotasi yuqori hamda ortiqcha vaznli odamlar iste’mol qilmasligi kerak.

Bu haqda rossiyalik parhezshunos Inna Kononenko ma’lum qildi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, bu mevalar vaznni oshirmaydi, ammo ba’zi surunkali kasalliklarni kuchaytirishi mumkin.

Bundan tashqari, shaftoli va o‘rik allergik ta’sirga egaligi bois ularni yosh bolalarning rasioniga ehtiyotkorlik bilan asta-sekin kiritish tavsiya etiladi.

Ushbu mevalarning foydali xususiyatlariga ham to‘xtalib o‘tgan parhezshunosning qayd etishicha, ular saraton kasalligiga qarshi kurashda yordam beradi, qon bosimini normallashtiradi va qon tomirlari devorlarini yaxshi holatda saqlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!