Serxio Ramos YECHL tarixidagi 10 000-gol muallifi bo‘ldi

Serxio Ramos YECHL tarixidagi 10 000-gol muallifi bo‘ldi

"Sevilya" himoyachisi Serxio Ramos Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasidagi PSVga qarshi o‘yinda gol urdi.

37 yoshli ispaniyalik o‘yinning 24-daqiqasida hisobni ochdi.

Bu gol turnir tarixidagi 10 000-gol bo‘ldi.

Ramos jamoaga qaytganidan so‘ng "Sevilya" uchun birinchi marta gol urgan bo‘lsa, bundan avval oxirgi marta u 2005 yilning 14 mayida "Real"ga qarshi o‘yinda gol urgan edi.

Bu futbolchining turnirdagi 16-golidir. Roberto Karlos va Jerar Pike bilan birgalikda u Chempionlar ligasida himoyachilar tomonidan kiritilgan gollar soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!