Sergey Surovikin Jazoirda ko‘rinish berdi

Sergey Surovikin Jazoirda ko‘rinish berdi

Vagnerchi Yevgeniy Prigojin isyonidan keyin yo‘qolib qolgan rossiyalik general Sergey Surovikin Jazoirda ko‘rinish berdi.

Bu haqda «Kommersant» harbiy rahbarga yaqin manbaga asoslanib xabar berdi.

Generalning fotosuratlari Oran shahridagi Abdulhamid Ben Badis masjidi akkauntida ham paydo bo‘ldi, bu «yuqori darajadagi Rossiya delegasiyasi» tashrifiga ishora qiladi.

Gazetaning yozishicha, Surovikin u yerda Mudofaa vazirligi delegasiyasi bilan bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Surovikin Prigojin bilan yaqinlikda ayblangan va 24 iyundan keyin yo‘qolib qolgandi. Avgust oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan Surovikin Aerokosmik kuchlar bosh qo‘mondoni lavozimidan ozod etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!