Sergelida ta’sischining mulkini talon-toroj qilgan MCHJ rahbari aniqlandi

Sergelida ta’sischining mulkini talon-toroj qilgan MCHJ rahbari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.I.” MCHJ sobiq rahbari S.R. o‘ziga ishonib topshirilgan 8 dona qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi uskunalarini MCHJ ta’sischisi xorij fuqarosi T.ning o‘z yurtiga ketganligidan foydalanib 22 000 AQSh dollariga sotib yuborib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!