Amerikalik tennischi Serena Uilyams Tokio Olimpiadasida qatnashmaydi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Sentyabr oyida 40 yoshni qarshi oladigan amerikalik tennischi AQSh jamoasining Tokio o‘yinlariga da’vogar emasligini ta’kidladi. Sportchi buning sabablarini aytishdan bosh tortdi.
Uilyams to‘rt marta Olimpiya chempioni bo‘lgan. Juftlik bahslarida singlisi Venera Uilyams bilan birgalikda uch marotaba oltin medalni qo‘lga kiritdi. Amerikalik tennischi Londonda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda yakkalik bahslarda yana bir oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Erkaklar tennisida yetakchi tennischilar ham Tokio Olimpiadasini o‘tkazib yuborishadi. Xususan, ispaniyalik Rafael Nadal Olimpiya o‘yinlaridan chetda qoladi. Dominik Tim ham musobaqada qatnashmaydi. Shu bilan birga, avgust oyida 40 yoshni qarshilaydigan Rojer Federer Olimpiadada qatnashishga tayyorligini bildirdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Бош прокуратура ахборот хизмати терговга қадар текширув давомида InfinBANK АТБ Қўқон филиали кредит бўлими мутахассиси А.Т. гумонланувчи сифатида қўлга олинганини маълум қилди
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.