Serbiya Respublikasi rahbari: "Rossiya Yevropaga arzon energiya resurslarini yetkazib berib, xatoga yo‘l qo‘ygan"
Rossiya 40 yildan ortiq vaqt davomida Yevropani arzon energiya resurslari bilan ta’minlab, dahshatli xatoga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda Serbiya Respublikasi (BiG) rahbari Milorad Dodik Bosniya telekanallaridan biriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Serbiyalik siyosatchining fikricha, bugun Yevropa “etakchisiz qolgan”.
"Evropa ayanchli holatda, kuchini yo‘qotgan. Yevropada resurslar, xom-ashyo va energiya yo‘q, agar u energiya sohasida kelajakni xohlasa, tashqi bozorga tayanishi kerak. Eng yaqin va tijoriy jihatdan foydali bozor bu Rossiya", - dedi BiG Prezidiumining serbiyalik a’zosi.
Dodik, Yevropa uzoq vaqtdan beri Rossiyadan keladigan arzon energiya manbalari tufayli rivojlanayotganini ta’kidladi.
"Albatta, G‘arb, Yevropa va AQSh aniq yo‘q bo‘lib ketmaydi, biroq Yevropa hozirgi vaziyatda o‘z o‘rni va rolini hisoblay olmadi va jahon jarayonlarining eng katta qurboniga aylandi", — deya qo‘shimcha qildi Dodik.