Senat to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarimani kamaytirishni ma’qulladi

Senat to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarimani kamaytirishni ma’qulladi

Senat Yalpi majlisida ma’qullangan qonunga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-6-moddasidagi (transport vositalari haydovchilari tomonidan to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik) jarima miqdori BHMning 3 baravaridan (735 ming so‘m) 2 baravariga (490 ming so‘m) qisqarmoqda.

Shuningdek, takroran sodir etilgan noto‘g‘ri «parkovka» uchun yuqori miqdordagi jarima solish tartibi bekor qilinmoqda. Ya’ni ilgari bir marta jarima qo‘llangandan keyin 1 yil ichida yana takroran sodir etilsa 3 mln 675 ming so‘mgacha jarima solinar edi.

Endi necha marta qoida buzilganidan qat’i nazar bir xil - BHM 2 baravari (490 ming so‘m) miqdorida jarima solinadi.

Qonun Prezident tomonidan imzolanib, e’lon qilingach kuchga kiradi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!