Sayyoraning eng keksa insoni 117 yoshini qarshiladi

Sayyoraning eng keksa insoni 117 yoshini qarshiladi

Sayyoramizning rasman eng keksa vakili deb topilgan yaponiyalik Kane Tanaka 117 yoshini qarshiladi. Shu munosabat bilan u yashaydigan qariyalar uyida qulupnay bilan bezalgan tort va shamlar bilan bazm uyushtirildi. Bu haqda “Kiodo” axborot agentligi xabar berdi.

“Juda mazali. Yana yegim kelyapti”, deb aytgan momo tortdan tatib ko‘rib.

Ayol 1903 yil 2 yanvarda Fukuoka prefekturasida dunyoga kelgan. U oilada 9 farzanddan yettinchisi bo‘lgan. U 19 yoshida turmushga chiqib, 5 farzandni, jumladan bir asrandi farzandni voyaga yetkazgan.

2019 yil 9 martda Tanaka sayyoramizning eng keksa insoni sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan. O‘shanda u 116 yosh 66 kunlik bo‘lgan. 

Momoning aytishicha, uzoq umr ko‘rishning siri yaxshi uyqudadir.

Hozirda momo reversi o‘yinini o‘ynashni va matematika bilan shug‘ullanishni xush ko‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!