Sayyoradagi eng katta tirik organizm

Sayyoradagi eng katta tirik organizm

Sayyoradagi eng katta tirik organizm qo‘ziqorindir. Ba’zi qo‘ziqorinlarning vazni bir necha yuz tonnaga etadi.

Olimlar 37 gektar maydonni egallagan Michigan to‘nka qo‘ziqorinini aniqlab, ko‘k kitni sayyoramizdagi eng katta jonzot nomidan “mahrum qilishgan”.

Amerikalik olim Metyu Taub Michiganning Yuqori yarimorolida o‘suvchi Michigan to‘nka qo‘ziqorinining ulkan tanasini tahlil qilib, u yosh va o‘lchami bo‘yicha bungacha hisoblab kelinganlardan ancha kattaligi haqidagi xulosaga kelgan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rganilgan qo‘ziqorin tanasi yer ostida yashirilgan bo‘lib, 37 gektar maydonni egallaydi va og‘irligi 400 tonnaga yaqinni tashkil qiladi. Uning yoshi esa 2,5 ming yilni tashkil qilishi mumkin.

Ko‘k kitning uzunligi 30 metrga, og‘irligi esa 100 tonnagacha yetishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!