Sayyoradagi eng boy musiqachi ayol nomi ma’lum bo‘ldi

Sayyoradagi eng boy musiqachi ayol nomi ma’lum bo‘ldi

Amerikalik qo‘shiqchi Rianna sayyoradagi eng boy musiqachi ayol deya tan olindi. Forbes nashrining hisob-kitoblariga ko‘ra, uning boyligi 1,7 milliard dollarga yetgan, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Shuningdek, qo‘shiqchi eng badavlat artist ayollar orasida ikkinchi o‘rinni egallagan. Birinchi pog‘onani esa amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri band etgan.

Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, Rianna musiqa sabab boylikka erishmagan, chunki 2016 yildan beri u birorta yangi albomini taqdim etmagan. U Fenty Beauty kompaniyasining 50 foiz aksiyalariga egalik qiladi, bu esa uning daromadini taxminan 1,4 milliard dollarini tashkil etadi. Shuningdek, qo‘shiqchi Savage x Fenty ayollar kiyim-kechagini ishlab chiqaruvchi kompaniya orqali ham yaxshigina daromad ko‘radi.

Forbes Fenty Beauty kompaniyasini 2,8 milliard dollarga baholagan. Riannaning ichki kiyimlar liniyasiga esa 115 million dollar sarmoya kiritilgan bo‘lib, u 1 milliard dollarga baholangan.

Qo‘shiqchi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham pul ishlab topadi — uning Instagram’dagi sahifasini 101 million, Twitter’ini esa 102,5 million obunachi kuzatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!