Sayyor qabul: fuqarolarni qiynayotgan masalalar o‘z yechimini topmoqda

Sayyor qabul: fuqarolarni qiynayotgan masalalar o‘z yechimini topmoqda

Fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash yo‘lida sudlar tomonidan ham qator ishlar amalga oshirilyapti. Xususan, joylarga chiqqan holda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlab, joyida ijobiy hal etish, kerakli huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahar sudi raisi tomonidan muntazam ravishda sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda. Sudyalarning “Mening mahallam – mening sudyam” shiori ostida bunday faol va ochiq muloqotlar olib borishi esa fuqarolar uchun ayni muddao bo‘lyapti.

Ana shunday sayyor qabullardan yana biri Sirg‘ali tumanidagi “Xonobod” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi. Unda sudyalar Sirg‘ali va Yangihayot tumanlari fuqarolarining murojaatlariga quloq tutishdi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Sadoqat Allaberganova xabar qildi.

Sayyor qabulda Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xodjakulov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi raisi G‘ayrat Ergashev, jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudi raisi Baxtiyor Alimov va jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudi raisi Baxrom Tashpulatov hamda tuman sudyalari qatnashishdi.

Sayyor qabulda jami 66 nafar fuqarolar qabul qilindi.

Qabul qilingan fuqarolarning 27 nafari jinoyat ishlari bo‘yicha, 11 nafari fuqarolik ishlar bo‘yicha, 25 nafari ma’muriy xuquqbuzarlikka oid murojaatlarni tashkil etdi.

Shundan 25 nafar fuqaroning og‘zaki murojaati, 41 nafar fuqaroning yozma murojaatlari qabul qilindi.

Jami 63 ta murojaatlardan 25 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 38 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, murojatlar qanoatlantirildi.

Shuningdek, sayyor qabulda sayyor sud ham bo‘lib o‘tdi. Unda jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudi sudyalari Sherzod Yuldashev, Boxodirjon Yusupov va jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudi sudyalari Zavqiddin Yarashev, Ikrom Rajabov tomonidan 23 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.

— Cayyor qabul doirasida o‘tgan sayyor sudda 35 yoshli mahkumga nisbatan tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosining o‘talmagan qismini o‘tashdan JKning 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ozod qilish haqidagi taqdimnomasi ko‘rib chiqildi. Mahkum jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tumani sudining 2014 yil 30 yanvardagi hukmiga ko‘ra, JKning 164-moddasi (bosqinchilik) 3-qismi “a” bandi bilan sudlanib, 10 yil muddatga ozodlikdan maxrum etish jazosi tayinlangan. 2018 yilda o‘talmay qolgan 4 yil, 11 oy, 18 kun jazosi shu muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilib ozod etilgan. Taqdimnomaga ko‘ra, mahkum 2018 yilda ishga joylashgan, hozirga qadar ishlab kelayotgan ekan. Axloq tuzatish ishlari jazosini 3/2 qismidan ko‘prog‘ini o‘tagan. Shularni inobatga olgan holda jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudi tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosidan o‘talmay qolgan 1 yil 5 oy 18 kun axloq tuzatish ishlari jazosini muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, - deydi jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudi sudyasi Boxodirjon Yusupov.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudi sudyasi Sherzod Yuldashev esa tayinlangan jazoga halol munosabatda bo‘lmagan, belgilangan tartiblarni vijdonan ado etmagan 3 nafar mahkumga nisbatan tayinlangan jazo qamoq ehtiyot chorasiga almashtirilganini ma’lum qildi.

Sayyor qabul: fuqarolarni qiynayotgan masalalar o‘z yechimini topmoqdaSayyor qabul: fuqarolarni qiynayotgan masalalar o‘z yechimini topmoqdaSayyor qabul: fuqarolarni qiynayotgan masalalar o‘z yechimini topmoqdaSayyor qabul: fuqarolarni qiynayotgan masalalar o‘z yechimini topmoqdaSayyor qabul: fuqarolarni qiynayotgan masalalar o‘z yechimini topmoqdaSayyor qabul: fuqarolarni qiynayotgan masalalar o‘z yechimini topmoqda

Toshkent shahar sudi Raisining galdagi sayyor qabuli esa 25 may kuni Olmazor va Shayxontohur tumanlaridagi sud-huquq bo‘yicha fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!