Saudiya shahzodasi: "Mbappeni ligamizda ko‘raman"

Saudiya shahzodasi: "Mbappeni ligamizda ko‘raman"

Saudiya qirollik oilasi a’zosi shahzoda Abdulla Saad Abdulaziz al-Saud Kilian Mbappening Saudiya futbol ligasiga kelishi mumkinligi haqida gapirdi.

“Albatta, u bizga yoqadi. Kilian Mbappe juda yaxshi, juda kuchli futbolchi. Umid qilamanki, uni Saudiya Arabistonida, ligamizdagi jamoalardan birida ko‘raman.

Saudiya Arabistoni endi kuchli ligaga aylandi. Bizda Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema bor. Ko‘proq yulduzlar keladi.

Bizda kuchli chempionat bor. Biz futbolda birinchi raqamli davlatga aylanishni rejalashtirganmiz", — deya Al-Saudning so‘zlarini keltirmoqda Goal.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!