Saudiya qiroli falastinlik shahidlar oilasidan ming kishini hajga chorlaydi

Saudiya qiroli falastinlik shahidlar oilasidan ming kishini hajga chorlaydi

Saudiya qiroli Salmon ibn Abdulaziz payshanba kuni joriy yil haj mavsumida falastinlik shahid bo‘lganlar oilasidan 1000 kishini haj ibodatini ado qilishga ruxsat berishga buyruq berdi. Bu haj va umra uchun ikki haram xizmatchisi mehmonlari dasturi doirasida amalga oshiriladi.

Dastur boshqaruvchisi Islomiy ishlar, da’vat va irshod shayxi doktor Abdullatif ibn Abdulaziz qirol Salmonning Falastin muammoasiga ahamiyatini va uni doim qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatadi, shuningdek, Falastin xalqining ko‘rsatayotgan fidokorligini taqdirlashdir, degan.

Shayxning so‘zlariga ko‘ra, Falastin xalqi qonuniy huquqlarini talab qilgani va musulmonlarning birinchi qiblasini himoya qilayotgani uchun har qanday yordam, qo‘llab-quvvatlash va minnatdorchilikka loyiqdir.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!