Saudiya Arabistoni o‘zbekistonliklar uchun viza talablarini yengillatishi mumkin

Saudiya Arabistoni o‘zbekistonliklar uchun viza talablarini yengillatishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Nodirjon Turgunov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirining konsullik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ali al-Yusuf bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlarni o‘tkazish va O‘zbekiston fuqarolarini viza talablaridan ozod qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Ali al-Yusuf O‘zbekistonning mintaqada ilg‘or rivojlanib borayotganini va bir qator yirik tadbirlarga mezbonlik qilayotganini e’tirof etdi. Xususan, joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida "Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi yuqori darajada bo‘lib o‘tgani ta’kidlandi. Shuningdek, shu yil mart oyida Ar-Riyoz shahrida ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi ham muvaffaqiyatli o‘tgani qayd etildi.

"2023-yil 1-yanvar oyidan boshlab Saudiya fuqarolariga O‘zbekistonga 30 kun muddatda vizasiz kirish tartibini joriy etilgani bizni juda quvontirdi. Bu o‘z o‘rnida sayyohlar oqimini oshishiga, o‘zaro savdo hajmining ortishiga turtki bo‘lmoqda", dedi Saudiya Arabistoni TIV rahbari o‘rinbosari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!