Saudiya Arabistoni Isroil delegasiyasiga viza berishdan bosh tortdi

Saudiya Arabistoni Isroil delegasiyasiga viza berishdan bosh tortdi

Saudiya Arabistoni BMT Jahon sayyohlik tashkilotining Al-Ula shahrida bo‘lib o‘tadigan konferensiyasiga taklif etilgan Isroil delegasiyasi a’zolariga viza olish uchun arizalarni rad etdi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Jaliladagi Kafr-Kanna shahridan isroillik ko‘chmanchilar konferensiyada 22 davlat vakillari bilan ishtirok etishlari kerak edi, ammo BMTning a’zo davlatlarga teng munosabatda bo‘lish chaqirig‘iga va Qirollik tomonidan yirik turizmni rivojlantirish uchun milliardlab mablag‘ sarflanishiga qaramay, tegishli vizalarni olmagan.

Saudiya Arabistonidagi Al-Ula va Arab Isroilning Kafr Kanna shahri BMT tomonidan yilning eng yaxshi qishloq turizm yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritilishi uchun tanlangan eng sara 32 ta joy qatoriga kiradi.

"Ushbu voqeaga katta umidlar bog‘langan edi va bizni unda ishtirok etishimizga ruxsat berilmagani achinarli", dedi Isroil meri Zakariya Napso.

“Isroil BMT Jahon sayyohlik tashkiloti va uning boshqa organlarini ko‘rsatmalarini, jumladan, tashkilot faoliyatida davlatlarning ishtirokini ta’minlashda teng munosabatda bo‘lishga chaqiradi. Bunday holda, tashkilot ushbu standartlarga javob bera olmadi, bu achinarli", deya xabar qoldirdi Walla nashri.

Viza masalasi Saudiya Arabistoni Eron bilan uzoq yillik uzoqlashishdan so‘ng munosabatlarni tiklayotganini e’lon qilganidan keyin paydo bo‘lgan. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Saudiya Arabistoni bilan to‘liq diplomatik aloqalar o‘rnatishni, 2020 yilda AQSh vositachiligida BAA va Bahrayn bilan erishilgan normallashtirish kelishuvlarini kengaytirmoqchi ekanligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!