Saudiya Arabistoni G‘azo bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazmoqda

Qohiradagi sammit natijasini belgilash uchun Saudiya Arabistoni G‘azo bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Qatar universitetining xalqaro munosabatlar va AQSh tashqi siyosati bo‘yicha professori Adnan Hayajneh, Tramp taklif etgan G‘azo rejasiga qarshi Saudiya Arabistonidagi yig‘ilishni muhim voqea sifatida baholadi.
"Bu yig‘ilish Ar-Riyodda o‘tkazilmoqda. Saudiya Arabistoni arab dunyosining yetakchi davlati hisoblanadi. Unda Isroil bilan tinchlik shartnomalariga ega bo‘lgan ko‘plab mamlakatlar ham ishtirok etmoqda," dedi u.
"Ular barchasi mintaqa uchun tinchlikning muhimligini tan olishadi. Bu davlatlar AQSh bilan ham yaxshi munosabatlarga ega va ularni saqlab qolishni istashadi," deya qo‘shimcha qildi Hayajneh.
U, ularning ko‘pchiligi Saudiya Arabistoni singari investisiyalar nuqtai nazaridan AQShga nisbatan katta ta’sir kuchiga ega ekanligini ta’kidladi, hamda ularning barchasi Trampning falastinliklarni G‘azodan ko‘chirish taklifidan "lol qolganini" aytdi.
"Bu yig‘ilish norasmiy muhokama bo‘lib, unda muhokama qilingan barcha masalalar, menimcha, 4 mart kuni Arab davlatlari ligasi sammitida qabul qilinadi," deya xulosa qildi Hayajneh.